Mutaxassis: “Niqob va qo‘llarni yuvish kamlik qiladi, virusdan saqlanishning yana bir yo‘li bor...”

Salomatlik

image

Pekin tibbiyot universitetining uchinchi kasalxonasining farmatsevti Van Xayinning aytishicha, koronavirusdan himoyalanish uchun niqob va qo‘llarni yuvishning o‘zi kamlik qiladi. Bu haqda “Xuansyu shibao” nashri yozmoqda.

Uning eslatishicha, burun — bu nafas olish yo‘llarining “darvoza”si hisoblanadi. Shu sabab unda juda ko‘p ifloslanish kuzatiladi. Xayinning tushuntirishiga ko‘ra, burun bo‘shlig‘idagi shilliq qavat tufayli unda chang, mikroorganizm va viruslar to‘planadi.

“Uyga qaytganingizdan so‘ng, darhol burningizni yuving. Buni kuniga bir marta amalga oshiring”, deydi farmatsevt.

“Agar siz ko‘proq ifloslangan atrof-muhitda harakat qilsangiz, tozalash ishini zudlik bilan amalga oshiringiz lozim. Vaziyatga qarab bu ishni ko‘paytirib borish tavsiya etiladi”, deb tushuntirdi u.

Ko‘pchilik uchun burunni iliq suv bilan yuvish kifoya qiladi, uning harorati tana haroratiga yaqin. Juda sovuq yoki issiq suv burun shilliq qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Farmatsevt surunkali rinit bilan og‘rigan bemorlarga tuzli suvdan foydalanishni maslahat berdi. Bunday suv burun bo‘shlig‘i va shilliq pardalarning to‘qimalarini shishishini kamaytiradi.

“Yuvayotganda boshni bir oz egish kerak va burun bo‘shlig‘i ostida bir hovuch suv ushlab turish kerak. Suvni burun bo‘shlig‘iga bitta burun teshigidan ehtiyotkorlik bilan tortib, keyin nafas olish kerak. Burun irrigatorlaridan ham foydalanish mumkin, ammo uni muntazam tozalashni unutmaslik zarur”, deydi Van Xayin.

Burunga suv olgach, boshni orqaga tashlamaslik zarur, chunki suv nafas olish yo‘liga tushib ketishi mumkin, dedi u.

Burunni tozalashda paxtali tayoqchalardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Chunki ular burun shilliq qavatini tirnash xususiyatiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

1011

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing