Ruslan Nuriddinov musobaqalardan chetlashtirildi

Sport

image

Ruslan Nuriddinov antidoping qoidalarini buzgani uchun 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2012 yilgi doping tahlillarining 2018 yilgi qayta tekshiruvi natijasida shunday qarorga kelingan.

Diskvalifikatsiya muddati 2018 yil 18 dekabrdan 2020 yil 17 dekabrgacha etib belgilangan. Bu orada sportchi barcha sport musobaqalaridan chetlashtiriladi.

IWF xabariga ko‘ra, sportchining musobaqa paytida topshirgan tahlilida taqiqlangan modda – turinabol aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik og‘ir atletika ustasi 2012 yil London olimpiadasida -105 kg vaznda 4 o‘rinni olgan. 2016 yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasida sportchi dast ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritdi va jahon rekordini o‘rnatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ruslan Nuriddinov Doping

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing