Rus va O‘zbekiston hamisha birga bo‘ladi – Shavkat Mirziyoyev (video)

Jamiyat

image

Kecha, 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Tadbir “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bayram tantanalaridan so‘ng Shavkat Mirziyoyev qozoq, qirg‘iz, turk, ozar, nemis, tatar, ukrain, rus va boshqa xalqlarning milliy madaniyat markazlari ko‘rgazmalarini borib ko‘rgan.

Prezident Rus madaniyat markazi ko‘rgazmasi oldiga kelganida uni O‘zbekiston va Rossiya do‘stligi haqidagi qo‘shiq bilan kutib olishgan. Shavkat Mirziyoyev markaz vakillarini qutlar ekan, ikki xalqning tinch va osoyishta yashayotgani katta yutuq ekanini aytgan. 

“Qo‘shiqda to‘g‘ri aytilgan: Rus va O‘zbekiston – ular doimo birga bo‘lgan va bo‘ladi. Eng og‘ir damlarda biz birga bo‘lganmiz va birga bo‘lamiz”, degan Prezident.

Bungacha u Rus madaniyat markazi ko‘rgazmasi yonida joylashgan ukrain madaniyat markazi ko‘rgazmasida uning vakillari bilan suhbatlashgan. U yerda Mirziyoyevga “Pidmanula” qo‘shig‘i kuylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rus va O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing