Rus tili kelajak avlodlarimiz uchun muhim – MXQ raisi

Olam

image

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Jogorku Kenesh raisining parlament yig‘ilishida bolalarga qirg‘izcha ism qo‘yishga chaqirgan nutqiga izoh berib, boshqa tillarning maqomi haqida gapirdi. 

Qamchibek Tashiyevning fikricha, qirg‘iz tilini rivojlantirish yoki asrab-avaylash maqsadida jamiyatning kundalik hayotida boshqa tillarning qo‘llanilishini qisqartirish – xato. 

“Boshqa tillar bo‘lmasa, qirg‘iz tili rivojlanmaydi. Kelajak avlodimiz qirg‘izcha qatori boshqa tillarni ham bilishi kerak. Zero, boshqa tillar orqali dunyoni tushunish va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni mamlakatimizga joriy etish mumkin. Shunga asoslanib, respublikamiz xorijiy sivilizatsiya bilan hamqadam rivojlanadi. Misol uchun, men sizga o‘zim haqimda aytib beraman, bir necha yillardan beri qishloq bolalariga rus va ingliz tillaridan dars beradigan ikkita o‘qituvchiga qo‘shimcha haq to‘laymiz. Mening maqsadim ular ham boshqa tillarni o‘rganishi va dunyoni kashf etishi”, deydi u. 

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari bu masala bo‘yicha spikerni qo‘llab-quvvatlamasligini, chunki rus tili kelajak avlodlar uchun juda muhim ekanini qo‘shimcha qildi. 

“Qirg‘iz tili bizning ona tilimiz, biz uni umrimizning oxirigacha unutmaymiz. Ismlarga kelsak, biz musulmon aholi ekanligimizni unutmaslik kerak. Umuman olganda, qirg‘iz musulmonlarining go‘zal ismlari eng yaxshisidir, masalan, Qamchibek”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Shakiyev arabcha ismlardan voz kechishni va bolalarga qirg‘izcha ism qo‘yishni taklif qilgan edi.  U bolalar uchun ingliz va rus tillarida multfilm va o‘yinlarni bloklashni, ularni qirg‘iz tilida yaratishni taklif qilgan. Spikerning aytishicha, hatto, chekka qishloqlardagi bolalar ham rus va ingliz tillarida gaplasha boshlagan.

Mamlakat Prezidenti Sadir Japarov esa uning aytganlariga e’tiroz bildirib, ayni vaqtda juda ko‘pchilik rus tilini bilmasligi, til bilmay turib Rossiyaga ketayotgani va ko‘p muammolarga duch kelayotganini bildirdi. Prezidentning urg‘ulashicha, mamlakatda rus tili o‘qituvchilariga katta ehtiyoj mavjud. 


Maqola muallifi

Teglar

rus tili Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing