Rus neftidan voz kechgan Yevropa qayerdan najot topgani oydinlashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistoni va Iroq Yevropaga xom neft yetkazib berishni tobora ko‘paytirmoqda. Yaqin Sharq mamlakatlaridan keladigan umumiy oqim iyul oyida kuniga 2,2 million barrelgacha yetkazilgan, bu yanvar oyiga nisbatan deyarli 90 foizga ko‘pdir. Bu haqda “Bloomberg” agentligi kemalar qatnovi ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Nashrning eslatishicha, Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin Yevropa kompaniyalari yangi neft yetkazib beruvchilari bilan hamkorlik qilishga harakat qila boshlagan.

Natijada, iyul oyining dastlabki uch haftasida Yaqin Sharq davlatlari Misr orqali o‘tadigan “SuMed” quvuri orqali Yevropaga kuniga 1 million barreldan ortiq neft yetkazib bergan.

“Quvurlar oqimida Saudiya Arabistonidan yetkazib beriladigan ta’minot ustunlik qiladi, ammo Iroq ham eksportini oshirmoqda”, deyiladi xabarda.

Iyul oyida Fors ko‘rfazidan Suvaysh kanaliga 1,2 million barrelga yaqin neft jo‘natilgan. Tankerlar orqali neftni asosan Iroq yetkazib bergan. 

“Yaqin Sharqdan umumiy oqim iyul oyida kuniga 2,2 million barrelgacha oshgan, bu yanvar oyiga nisbatan deyarli 90 foizga ko‘pdir”, deya yozadi “Bloomberg”.

Ayni paytda, Rossiya nefti asosan Hindiston va Xitoydagi xaridorlarga eksport qilinmoqda. Yonilg‘i narxi keskin oshib borayotgan bir paytda davlatlar Moskvadan neftni arzon narxlarda sotib olmoqda.

Iyun oyi boshida Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti va neft mahsulotlaridan bosqichma-bosqich voz kechishni o‘z ichiga olgan oltinchi sanksiyalar paketini qabul qildi. Unga ko‘ra, dekabr oyida Rossiya Federatsiyasidan dengiz orqali neft yetkazib berish taqiqlanadi. Bundan tashqari, “Katta yettilik” davlatlari Rossiya neftiga narx chegarasini belgilash masalasini ham muhokama qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

1207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing