Rus-qozoq chegarasida qolgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun navbatdagi avtobuslar karvoni yo‘lga chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiyaning Samara viloyati tomon yo‘lga chiqdi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog‘iston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 23 sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaga jo‘natilgan edi.

Ayni damda 750 nafar fuqarolarimizni olib qaytayotgan ushbu avtobuslar rejaga ko‘ra 27 sentyabr kuni O‘zbekistonga kirib keladi. 


Maqola muallifi

Teglar

migrant o'zbekistonlik Samara

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing