Runi Ronaldu haqida nimalar dedi?

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi, hozirda “Di Si Yunayted” bosh murabbiyi Ueyn Runi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Ronalduning “Manchester Yunayted” uchun qilgan ishlari ajoyib. U MYUda Premer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi, Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, ko‘plab gollar urdi. Shunday ekan, muxlislar va albatta, futbolchilar ayniqsa mening davrimda u bilan birga o‘ynagan sobiq jamoadoshlari Ronalduning “Manchester Yunayted” uchun qilgan ishlarini hech qachon unutmaydi, deb o‘ylayman. Chunki mening nazarimda u hamisha klub afsonasi bo‘lib qoladi va bu safar hammasi erta tugab qolgani achinarli, albatta. Ammo bu uning klubdagi obro‘siga putur yetkazadi deb o‘ylamayman”,deydi Runi.

Ronaldu va Runi 2003-2009 yillarda MYUda to‘p surgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2022 yilning noyabrida “Manchester Yunayted”ni tark etgandi. Keyinroq hujumchi “Al-Nasr” bilan shartnoma imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing