Rubioning O‘zbekistonga kelish sanasi e’lon qilindi

Jamiyat

−

image

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio joriy yilning 17–22 oktyabr kunlari Samarqand (O‘zbekiston), Mumbay (Hindiston) va Jamnagar (Hindiston) shaharlariga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rubio O‘zbekistonda C5+1 vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. 

“Ushbu diplomatik platforma orqali amalga oshirilayotgan strategik hamkorlik AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yanada tinch va farovon kelajakni qanday ta’minlayotganini ta’kidlab o‘tadi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, AQSH Davlat kotibi C5 guruhiga kiruvchi barcha mamlakatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasining yuqori lavozimli rasmiylari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu tarixiy tashrif davomida Rubio 200 dan ortiq biznes yetakchilaridan iborat AQSH tijorat delegatsiyasiga boshchilik qiladi va bu bilan AQSH hamda Markaziy Osiyo o‘rtasidagi mustahkamlangan savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi davrini boshlab beradi. 

So‘ng Rubio joriy yildagi ikkinchi rasmiy tashrifi bilan Hindistonga jo‘nab ketadi. U AQSH-Hindiston strategik sherikligini mustahkamlash, mintaqaviy va global dinamika bo‘yicha fikr almashish hamda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish uchun yuqori lavozimli hukumat rasmiylari bilan uchrashadi. Shuningdek, u tijoriy investitsiyalar va iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini ilgari surish maqsadida biznes yetakchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidentining global sheriklik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni istayotgani, biroq ehtimoliy tashrif muddati hozircha noma’lum ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing