Rubio Yevropani yangi geosiyosiy davr haqida ogohlantirdi

Olam

image

Geosiyosatda yangi davr boshlangan va buni hamma birga tushunib, o‘z o‘rnini aniqlashi kerak. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni AQSH Davlat kotibi Mark Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga safari davomida jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi. https://www.bbc.com/news/articles/c99jxryd9xko

Trampning Grenlandiyani anneksiya qilish bo‘yicha tahdididan keyin ilk yirik xalqaro tadbirda AQSH delegatsiyasiga Mark Rubio rahbarlik qiladi. 

“Dunyo ko‘z o‘ngimizda juda tez o‘zgarayapti. Geosiyosatda yangi davr boshlangan va buni hammamiz birga tushunib, o‘z o‘rnimizni aniqlashimiz kerak”, deydi Rubio.

BBC’ga ko‘ra, Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron Yevropa AQSHdan mustaqil bo‘lishga tayyorlanishi kerakligini ta’kidlagan, NATO Bosh kotibi Mark Ryutte esa transatlantik aloqalar hozirgacha yaqin va muhim ekanini qayd etgan.

Konferensiya davomida Ukraina urushi, Xitoy bilan keskinliklar va Eron bilan AQSH o‘rtasida potensial yadroviy kelishuv hamda Yevropa mudofasi va transatlantik munosabatlarning kelajagi muhokama qilinadi. Ayni paytda AQSHning NATOga bo‘lgan majburiyatlari shubha ostida qolmoqda.

O‘tgan yili konferensiyada AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Yevropaning, jumladan, Buyuk Britaniyaning so‘z erkinligi va immigratsiya siyosatini tanqid qilgan edi. Uning nutqi transatlantik aloqalarda misli ko‘rilmagan keskinliklarni keltirib chiqargan.

Qayd etilishicha, so‘nggi oylarda keskinliklar kuchaygan. Buni AQSH Prezidenti Donald Tramp bir necha marta Grenlandiya AQSH milliy xavfsizligi uchun muhimligini aytib, uni “Rossiya va Xitoy kemalari bilan to‘la”, degan so‘zlaridan bilish mumkin.

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen jurnalistlarga Rubio bilan uchrashib, AQSHning NATO ittifoqchisining yarimavtonom hududini egallash tahdidlari haqida suhbatlashishini aygan. 

AQSH tahdidlari ko‘plab Yevropa yetakchilari uchun ishonchni zaiflashtiragan burilish nuqtasi sifatida ko‘rilmoqda.

Konferensiya oldidan NATOga sobiq sakkiz AQSH elchisi va Yevropadagi sobiq sakkiz Amerikaning eng yuqori qo‘mondonlari ochiq maktub bilan chiqib, Vashingtonni G‘arbiy mudofaa ittifoqini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, NATO “xayriya” emas, balki AQSHga o‘z qudrati va ta’sirini mustaqil amalga oshirish qiyin bo‘lgan vaziyatlarda yordam beruvchi “quvvat ko‘paytiruvchi” institutdir.

Transatlantik munosabatlar respublikachilar Prezidenti tomonidan tariflar joriy etilishi va AQSH milliy xavfsizlik strategiyasida Yevropa davlatlari uzoq muddatli “ishonchli ittifoqchilar” bo‘la olmasligi mumkinligi taklifidan so‘ng kuchayib ketgan.

Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri David van Vil “dunyo o‘zgarayotganini” tushunganini va “transatlantik aloqalar” mustahkam qolishini umid qilganini aytgan. Van Vil o‘z mamlakatining xavfsizligini oshirish borasida “katta qurbonlik” qilayotganini, lekin amerikaliklar o‘rnini to‘liq egallash vaqt talab etishini ta’kidlagan.

Niderlandiya o‘tgan yili NATO ittifoqchilari bilan birgalikda 2035 yilgacha mudofaa xarajatlarini mamlakat iqtisodiy ishlab chiqarishining 5 foizigacha oshirishga kelishib olgan. Bu qaror Trampning bosimi ostida qabul qilingan.

Rubio o‘tgan yilgi kabi keskin nutq so‘zlamasligi kutilmoqda. U jurnalistlarga Yevropaliklar “qayerga borayotganimizni, ular bilan qayerga borishni xohlayotganimizni bilishni istashadi”, degan.

Myunxen konferensiyasi boshlanishidan bir necha soat oldin Germaniya kansleri Fridrix Mers nutq so‘zlashi kutilayotgan paytda Tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Germaniya televideniyasiga NATOni nima birlashtirayotganini birgalikda aniqlash va AQSHga Yevropasiz qilolmasligini ko‘rsatish maqsadida konferensiya o‘tkazilishini aytgan.

Bu yilgi konferensiyada Prezident Makron ham nutq so‘zlaydi. U so‘nggi oylar Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida “hozir yangi imperializm yoki yangi kolonializm davri emas”, deb ta’kidlab o‘tgan.

Bir hafta davomida ichki siyosatda beqarorlikdan so‘ng Buyuk Britaniya rahbari Kir Starmer ham Myunxenga safar qiladi va Mers hamda Makron bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, shuningdek, ertaga, 14 fevral kuni sammitda nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Konferensiya raisi Volfgang Ishinger oldindan bergan hisobotida “Avlodlar davomida AQSH ittifoqchilariga nafaqat qudratiga, balki xalqaro tartibni ta’minlovchi prinsiplar to‘g‘risidagi keng tarqalgan tushunishga ham tayanish mumkin edi. Bugun bu aniq emas, bu esa transatlantik va xalqaro hamkorlikning kelajagi haqida murakkab savollarni keltirib chiqarmoqda”, degan.

Konferensiya raisi Volfgang Ishinger bergan hisobotida uzoq yillar davomida AQSH ittifoqchilari nafaqat uning qudratiga, balki xalqaro tartibni ta’minlovchi asosiy prinsiplarga ham tayanib kelganini, bugun bunday aniq kafolat yo‘qligini, bu esa transatlantik va xalqaro hamkorlikning kelajagi haqida murakkab savollarni yuzaga keltirayotganini aytgan.

Sobiq nemis diplomati Oq uyning tashqi siyosati allaqachon dunyoni o‘zgartirishni boshlaganini va uning oqibatlari endi-endi namoyon bo‘layotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida qatnashish uchun Germaniyaga yetib borgani xabar qilingan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Rubio geosiyosiy ogohlantirdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing