Zelenskiy Germaniyaga bordi

Olam

image

Bugun, 13 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida qatnashish uchun Germaniyaga yetib bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi. 

Prezidentning bildirishicha, tashrif davomida u hamkor davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Uchrashuvlarda Ukraina va Yevropa xavfsizligiga oid masalalar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Zelenskiy kun tartibidan uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi Ukraina–Germaniya qo‘shma korxonasini ishga tushirish masalasi ham o‘rin olganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma ishlab chiqarishni kengaytirish va Yevropa xavfsizlik tizimidagi hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

Prezident urushni tinchlik bilan yakunlash va Ukraina hamda butun Yevropa uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlarini yaratish asosiy maqsad ekanini qayd etgan. Shuningdek, Zelenskiy Ukraina bilan hamkorlik qilayotgan davlatlarga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada uchrashuv o‘tkazishning imkonsizligini aytib, uni Kiyevga taklif qilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Zelenskiy xavfsizlik konferentsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing