Rubio Kubani juda kech bo‘lmasdan oldin “aqlini yig‘ib olishga” chaqirdi
Olam
−
12 iyul 3137 1 daqiqa
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Kuba rasmiylarini juda kech bo‘lmasdan oldin pozitsiyani o‘zgartirishga hamda islohotlar, tinchlik va farovonlik foydasiga tanlov qilishga chaqirdi. Uning bu haqdagi bayonoti Davlat departamenti saytida e’lon qilindi.
Diplomatning bildirishicha, Kubada ishtirokchilari yaxshiroq kelajakni talab qilgan norozilik namoyishlari o‘tkazilganidan beri besh yil o‘tgan bo‘lsa-da, namoyishlarda hibsga olinganlar hanuzgacha panjara ortida qolmoqda. AQSH Kubani barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirgan.
“O‘n yillik qatag‘onlar va qo‘pol iqtisodiy boshqaruvdan so‘ng, Kuba iqtisodiyoti erkin qulashni boshdan kechirmoqda, uning xalqi esa elektr ta’minotidagi uzilishlar, ochlikdan aziyat chekishda davom etmoqda”, deyiladi press-relizda.
Rubio Kuba rasmiylari va elitasi islohotlarni rad etishda hamda AQSH dushmanlari bilan ittifoq tuzishda davom etayotganini alohida ta’kidlagan. Bunday sharoitda Vashington Gavanadan bo‘layotgan milliy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi barcha vositalar bilan kurashishni va mamlakatda siyosiy hamda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini yoqlab chiqishni davom ettirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Oq uy rahbari Donald Trampning mamlakat sha’niga aytgan bayonotlariga munosabat bildirgandi va AQSH bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizo haqida gapirgan edi.
Live
Barchasi