“Ruhan charchadim”. Koutino jamoasidan ketdi
Sport
−
19 fevral 3308 1 daqiqa
“Liverpul” va “Barselona” jamoalari sobiq futbolchisi Filipe Koutino “Vasko da Gama”dan ketishini e’lon qildi. Bu haqda 33 yoshli yarim himoyachi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Men hech qachon muxlislarga, jamoadoshlarimga yoki “Vasko”ga hurmatsizlik qilmaganman. O‘ynagan hech bir jamoamda bunday qilmaganman. Meni biladiganlar buni tasdiqlashadi.
Kiyinish xonasiga ketayotganimda klubdagi siklim tugaganini va ruhiy salomatligimni birinchi o‘ringa qo‘yishim kerakligini angladim. Bu juda og‘riqli edi. Butunlay ruhiy jihatdan charchagan edim. Yuragim og‘ir bo‘ldi va bir qadam orqaga chekinib, “Vasko”dagi faoliyatimni yakunlash vaqti kelganini tushundim”, deydi Koutino.
Ma’lum bo‘lishicha, Koutino joriy yilning 15 fevral kuni “Volta-Redonda”ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng almashtirilgan. O‘yinda ba’zi muxlislar uni hushtakbozlik bilan qarshi olgan. Futbolchi ikkinchi bo‘limda zaxira o‘rindig‘iga qaytmagan.
Hozircha “Vasko da Gama” futbolchining ketishini rasmiy tasdiqlamadi.
Ma’lumot uchun, Filipe Koutino 2013–2018 yillar davomida Angliyaning “Liverpul” jamoasi sharafini himoya qilgan. 2018 yildan 2022 yilgacha esa u “Barselona” tarkibida to‘p surgan.
Live
Barchasi