Roy Jons Bivol va Beterbiyev ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi

Sport

image

Afsonaviy amerikalik bokschi Roy Jons Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan jang haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu juda zo‘r jang bo‘ladi. Menimcha, Bivol aqlliroq va texnik tomonidan kuchli bokschi, lekin umumiy fonda Beterbiyev haqiqatdan ham kuchliroq. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ikkala bokschining ham imkoniyati ellikga-ellik. Bu jangni tomosha qilish qiziqarli bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu to‘qnashuv albatta o‘tkaziladi, chunki men yaqin kelajakda ularni mag‘lub eta oladigan hech kimni ko‘rmayapman”, deydi Roy Jons.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Bivol shu vaqtga qadar profboksda 21 ta jang o‘tkazib, bahslarning barchasida g‘alaba qozongan. Artur Beterbiyev esa 19 marta ringga ko‘tarilib, birorta jangda imkoniyatni boy bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Roy Jons Artur Beterbiev Dmitriy Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing