Rosturizm Rossiyaga sanksiya qo‘ygan mamlakatlarga bormaslikni so‘ramoqda
Olam
−
02 mart 2022
3805Rosturizm rossiyaliklarga Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarga borishdan bosh tortishni tavsiya qiladi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati rahbari Zarinp Doguzova ma’lum qilmoqda.
"Mavjud vaziyat bilan bog‘liq holda, Rosturizm chet elga sayyohlik va xizmat safarlariga chiqqan barcha Rossiya fuqarolariga, iloji bo‘lsa, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va cheklovlar qo‘ygan mamlakatlarga tashrif buyurishdan bosh tortishni qat’iy tavsiya qiladi, chunki bu mamlakatlarda qolish va Rossiyaga eson-omon qaytish xavf tug‘dirishi mumkin”, degan Doguzova.
Rosturizm turoperatorlarga Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarga turlar savdosini to‘xtatishni tavsiya qilgan.
"Biz turoperatorlarga Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Kanadaning yopiq havo hududi orqali o‘tadigan Karib dengizi mamlakatlariga turlar sotishni to‘xtatishni tavsiya qilamiz. Sayohat qilish mumkin bo‘lmagan mamlakatlarga turlarni bron qilgan sayyohlar, muqobil manzilni tanlash uchun turoperatorga murojaat qilishi tavsiya etiladi", degan Doguzova.
Dam olish sayohatlari uchun Rosturizm turistik maqsadlarda sayohat qilish uchun ochiq va Rossiyaga nisbatan cheklovlar qo‘ymagan mamlakatlarni tanlashni tavsiya qilmoqda – bular Turkiya, Misr, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Hindiston, Vetnam va boshqa bir qator davlatlardir. Agentlik, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Federal turizm agentligi va Federal havo transporti agentligining hozirgi turistik yo‘nalishlar holatining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarini diqqat bilan kuzatib borishni so‘raygan.
Ularning bir nechtasi, shu jumladan Lotin Amerikasidagi ba’zi mamlakatlar, Yevropa Ittifoqi va Kanadaning havo hududi cheklovlari tufayli sayyohlar uchun endi kirish imkoni yo‘q, chunki ularga boradigan yo‘l xavflarning ortishi bilan bog‘liq. Bu Kuba, Dominikan Respublikasi, Meksika, Venesuela kabi davlatlar.
Doguzovaning so‘zlariga ko‘ra, turoperatorlarga Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘ygan mamlakatlarga, shuningdek, Karib dengizi bo‘yidagi ushbu mamlakatlarga turlar savdosini to‘xtatish tavsiya qilingan.
LiveBarchasi