Rossiyaparast Babish Chexiyaga Bosh vazir bo‘ldi

Olam

image

Chexiya Prezidenti Pyotr Pavel joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “Norozi fuqarolarning harakatlari”ning yetakchisi Andrey Babishni yangi Bosh vazir etib tayinladi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

71 yoshli siyosatchi 16 a’zodan iborat uch partiyali koalitsion hukumatni boshqaradi. Vazirlikka nomzodlar taklif qilingan va Chexiya Prezidenti ularni kelasi hafta boshida tayinlashi kutilmoqda. Xabar qilinishicha, parlament quyi palatasi 13 yanvar kuni hukumat dasturiga ovoz berishi mumkin.

Andrey Babish 2017 yildan 2021 yilgacha bosh vazir lavozimida ishlagan. So‘nggi yillarda u muxolifatda edi. Noyabr oyida u “Norozi fuqarolarning harakatlari” (ANO) harakati populistik “O‘zlari uchun avtomashinachilar” partiyasi hamda NATO va Yevropa Ittifoqini tanqid qiluvchi “Ozodlik va to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya” partiyasi bilan koalitsiya shartnomasi tuzgan edi. Uch siyosiy kuch vakillari birgalikda Deputatlar palatasidagi 200 o‘rindan 108 tasini egallaydi.

Rossiyaparast Babishning ekstremal yevroskeptik partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qaytishi Ukrainaning Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan himoyasini qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirishi mumkin. G‘alabasidan oldin Babish Chexiyaning Ukrainaga milliondan ortiq artilleriya o‘qlarini yetkazib berish tashabbusi “chirigan siyosat” ekanini e’lon qilib, bu soliq to‘lovchilar uchun juda qimmat ekani va agar u hokimiyatga qaytsa, bekor qilinishini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiya Prezidenti Pyotr Pavel G‘arbning hozirgi xatti-harakatlarini Ikkinchi jahon urushi arafasidagi tinchlantirish siyosatiga qiyoslagandi. Uning aytishicha, Putinning g‘alabasi G‘arbga tahdid solmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh vazir Andrey Babish Pyotr Pavel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing