Rossiyaning yirik harbiy kemasi portlatib yuborildi (video)

Olam

image

26 dekabrga o‘tar kechasi Qrimdagi Feodosiya portiga hujum uyushtirildi. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksenov ma’lum qildi.

“Feodosiya hududida hujum amalga oshirildi. Port hududi o‘rab olingan. Ayni paytda portlash to‘xtatilgan va yong‘in mahalliylashtirilgan. Bir necha uyning aholisi ko‘chiriladi. Vaziyatni shaxsan nazorat qilaman. Sizdan xotirjam bo‘lishingizni va faqat rasmiy ma’lumotlarga ishonishingizni so‘rayman”, deb yozgan Aksenov Telegram-kanalida.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Ukraina taktik aviatsiyasi Feodosiyada Rossiya Qora dengiz flotining “Novocherkassk” yirik desant kemasini portlatib yuborganini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qanotli raketa hujumi mahalliy vaqt bilan soat 02:30 atrofida amalga oshirilgan.

“RBK-Ukraina” xabariga ko‘ra, kema Rossiya tomonidan Ukrainaga hujum qilish uchun foydalanilayotgan Shahed hujumchi dronlarini Erondan Qrimga yetkazayotgan bo‘lgan.

Feodosiyaga hujumdan tashqari, Ukraina harbiy-havo kuchlari 26 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari tomonidan janubi-sharqdan uchirilgan 19 ta drondan 13 tasini yo‘q qilgani haqida xabar bergan. Odessa, Xerson, Nikolayev va Xmelnitskiy viloyatlarida hujumchi dronlar urib tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Qrim i Feodosiya porti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing