Rossiyaning yana bir viloyatida migrantlar uchun taqiqlar kuchaytirildi
Olam
−
14 fevral
13114Rossiyaning Samara viloyatida ham migrantlarga taksi qilish va ta’lim sohasida ishlash taqiqlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, yil boshida terrorga qarshi kurash komissiyasining yig‘ilishida viloyat gubernatori Dmitriy Azarov muhojirlarning ishga joylashishi ustidan nazoratni oshirish tashabbusi bilan chiqqan. Gubernator tegishli boshqarmalarga hujjat ijrosini qattiq talab qilishni buyurgan.
Yangi tartibga ko‘ra, Rossiya hududida patentga ega bo‘lgan migrantlar jamoat transporti va taksilarda, shuningdek, ta’lim sohasida – bolalar bog‘chalari, maktablar, kollejlar va texnikumlarda o‘qitishda ishlay olmaydi.
Bu haqda e’lon qilingan qaror 10 kundan so‘ng, 24 fevralda kuchga kiradi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi