Rossiyaning yadroviy tahdidini qabul qilib bo‘lmaydi – Yaponiya

Olam

image

Yaponiya hukumati Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarni tayyorlashdan xabardor, ammo bu haqda izoh berishdan o‘zini tiyadi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi matbuot anjumanida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno ma’lum qildi. 

“26 oktyabr kuni Rossiya ballistik raketalarni uchirishni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlar o‘tkazganidan xabardormiz. Men Rossiya qanday maqsadlarni ko‘zlagani haqida izoh berishdan tiyilmoqchiman, biroq bizning mamlakatimiz Rossiya harbiylarining harakatlarini, jumladan, Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha [harakatlarini] diqqat bilan kuzatib bormoqda”, deydi u jurnalistlarning Rossiya Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan strategik to‘xtatuvchi kuchlarning mashg‘ulotlariga izoh berish so‘roviga javoban. 

Matsuno, Tokioning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi doirasida yadroviy quroldan foydalanish ehtimoli borligidan chuqur xavotirda ekanini aytib, Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish tahdidi qabul qilib bo‘lmaydigan ekanini yana bir bor ta’kidladi. 

“Bosh vazir [Fumio] Kisida bir necha bor ta’kidlaganidek, Yaponiya atom bombasidan jabr ko‘rgan yagona davlatdir. Yaponiya turli xalqaro platformalarda Rossiya tomonidan tahdidlar va yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini qat’iy ta’kidlashda davom etadi”, deydi mamlakat Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi.

Xirosima va Nagasaki shaharlarini atom bombasi bilan portlatish Ikkinchi jahon urushi oxirida AQSH harbiylari tomonidan amalga oshirilgan. Ularning rasmiy maqsadi Yaponiya imperiyasining taslim bo‘lishini tezlashtirish edi. Bu hujumlar insoniyat tarixida yadro qurolidan jangovar foydalanishning yagona namunasi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Yadro quroli

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing