Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida Imron Xon Moskvaga keldi

Olam

image

Rossiyaning Ukraina hududida amalga oshirayotgan harbiy operatsiyalari fonida Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Vladimir Puti bilan uchrashish uchun Moskvaga keldi. Bugungacha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan oval stolning uzun qismi boshidan, uzoq masofada turib gaplashgan Putin Imron Xon bilan juda yaqin masofada, odatdagidek muloqot qilish yo‘lini tanlagan. 

Kremlga ko‘ra, bu Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Rossiya yetakchisi bilan birinchi yuzma-yuz muzokara bo‘lgan. 

Ikki kun avval Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda koronavirus cheklovlari sabab uzoq masofada uchrashuv o‘tkazayotganidan afdusdaligini aytgan Putin, Imron Xon bilan muzokaralarni qo‘shimcha anti-COVID cheklovlarisiz boshlagani aytilmoqda. TASS ham o‘zi tarqatgan xabarda ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bir necha metrlik ijtimoiy masofa yo‘qligiga e’tibor qaratgan. 

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bunga, xususan, Aliyev, Makron va Shols uchrashuv oldidan PZR tekshiruvidan o‘tishda rossiyalik shifokorlar xizmatidan foydalanishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. 

Suratga olish marosimidan so‘ng, Putin va Imron Xon o‘rtasidagi suhbat ommaviy axborot vositalari uchun yopiq eshiklar ortida davom etgan. 

Urg‘ulanishicha, Imron Xon so‘nggi 20 yil ichida Rossiyaga kelayotgan Pokistonning birinchi Bosh vaziri. Bundan avvalgi Hukumat raislari Rossiya tashrifni amalga oshirmagan. 

Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv kun tartibiga ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalar ham, mintaqaviy mavzular ham kiritilgan. 

"Ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilmoqda. Mintaqaviy dolzarb masalalar, jumladan, Janubiy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashilmoqda", deyiladi Prezident saytida. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Imron Xon

Baholaganlar

1369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing