Rossiyaning Ukraina sharqidagi hujumi to‘xtatildi – Zelenskiy 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning sharqiy frontdagi hujumi to‘xtatilganini aytdi. Bu haqda u kecha, 11 mart kuni fransuz ommaviy axborot vositalari – “Le Monde” gazetasi va BFM TV'ga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Zelenskiy frontdagi hozirgi vaziyat so‘nggi uch oydagidan ancha yaxshi ekanini ta’kidladi.

"Artilleriya o‘q-dorilari, havo hujumidan mudofaa, uzoq masofaga uchuvchi qurollarning yetishmasligi va Rossiya dronlarining zichligi tufayli qiyinchiliklarga duch keldik. Biz Rossiya aviatsiyasiga qarshi yaxshi ishladik, sharqdagi vaziyatni tikladik va Rossiyaning hujumi to‘xtatildi", deydi u.

Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkani vayron qilib, Ukraina hududlarini egallashga muvaffaq bo‘lganini, biroq endi ular ko‘p sonli samolyotlarini yo‘qotgani uchun oldinga siljiy olmasligini ta’kidladi.

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hujumini butunlay to‘xtata olishiga ishonasizmi, degan savolga javob berar ekan, Ukraina davlati rahbari bu masalada realist bo‘lish zarurligini ta’kidladi. 

“Bu urush davom etayotganida, biz bunga ishonch hosil qila olmaymiz. G‘alaba qozonganimizda, ishonchimiz komil bo‘ladi. Nega men pozitiv emasman? Chunki ertaga, bir hafta yoki bir oy ichida ruslar biz ularda yo‘q deb ishonadigan yana million o‘q-dorini olishi mumkin”, deydi Zelenskiy.

Uning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlari 1000 km dan ortiq hududda uchta istehkom chizig‘ini mustahkamlagan.

Shuningdek, Zelenskiy o‘tgan hafta Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan port shaharga tashrif buyurgan paytda Rossiyaning Odessaga raketa hujumi Vladimir Putinning “haqiqiy dunyodan ajralganini” ko‘rsatganiga ishonishini aytdi.

“U meni nishonga olganmi? Hozir bu muhim emas, Siz Yevropa davlati yetakchisidan bir necha yuz metr narida raketa hujumini boshlaganingizda, menimcha, siz haqiqatan ham aqldan ozgansiz", deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Odessa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning shaharga tashrifi chog‘ida Rossiya tomonidan raketa hujumiga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing