Rossiyaning uchta shahariga qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil 16 oktyabrda Qozondan, 2020 yil 17 oktyabrda Samaradan va 2020 yil 20 oktyabrda Novosibirskdan Toshkentga qo‘shimcha charter qatnovlari amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berdi.

Rossiya shaharlaridan O‘zbekistonga havo qatnoviga O‘zbekiston, Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. 

Qayd etilishicha, PZR ma’lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo‘yilmaydi.

Avvalroq, Uzbekistan Airways parvozlar vaqtida ijtimoiy masofani saqlash imkoni bo‘lishi uchun qo‘l yuki miqdorini kamaytirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing