Rossiyaning uchinchi shaxsi O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2019
5467Joriy yilning 1-3 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Senati raisi Tanzila Norbayeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Valentina Matviyenko bilan uchrashuvlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Hamkorligi bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbirlarmon doiralari kengashlarining majlisi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi mamlakatdagi uchinchi shaxs hisoblanadi. Federatsiya Kengashi raisi Prezident va Hukumat raisidan keyingi o‘rinda turadi.
LiveBarchasi