Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Kecha, 18 iyun kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da “Uralsk-Aqtobe” trassasida YTH sodir bo‘lgan. 

YTH oqibatida 1988 yil 28 avgust kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M. R. vafot etgan.

Bosh konsulxona tomonidan Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining navbatchi xizmatlari va G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatidagi bo‘limlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan hamda marhum o‘zbekistonlikning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH TIV Qozog'iston

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing