Ravshan Ermatov: “Superliga o‘yinlari rasman to‘xtatiladi”
Sport
−
15 mart 2020
7049Dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan CoVID-19 virusi O‘zbekistonga kirib kelgani rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
CoVID-19 virusi O‘zbekiston hududiga kirib kelganligi sababli, barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Ushbu holat yuzasidan, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qoldirilishi kutilmoqda. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bu haqda QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
“Ertaga, 16 mart kuni koronavirus pandemiyasi masalasi yuzasidan O‘FA majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazamiz. Ushbu yig‘ilishdan so‘ng superliga o‘yinlari to‘xtatilishi yoki davom ettirilishi borasida rasman e’lon qilamiz. Sog‘liqni saqlash vazirligidan superliga o‘yinlarini to‘xtatish borasida xat olsak kerak. SSV O‘zbekiston chempionati davom etishiga ruxsat bermasa, superliga o‘yinlari rasman to‘xtatiladi.
Bugun, 15 mart kuni “Andijon” – “Navbahor” va “Lokomotiv” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasida 3-turning so‘nggi bahslari bo‘lib o‘tadi. Shu ikki o‘yin o‘tib olganidan so‘ng, superliga o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin. Barchasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shu kunga qadar SSV bilan kelishilgan holda barcha musobaqalar o‘tkazib kelindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi chempionat bahslarini davom ettirishga ruxsat bermasa, superliga o‘yinlari rasman to‘xtatiladi”, deydi O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 158 313 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5846 nafari vafot etgan, 75 954 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi