Rossiyaning “shimoliy poytaxti”da migrantlarni emlash boshlandi
Olam
−
14 avgust 2021
5304Rossiyaning “shimoliy poytaxti” – Sankt-Peterburgda mehnat migrantlarini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Muhojirlar bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanmoqda.
Emlash “Bronka Grupp” xoldingi tarkibiga kiruvchi “Yagona tibbiy markaz”da amalga oshirilmoqda. Bu yerda bir kunda 250 kishigacha vaksina olishi mumkin. Markaz patent bilan ishlaydigan, patenti yo‘q, YeOII fuqarosi bo‘lgan xorijiy fuqarolarni ham emlashga tayyor.
Xolding direktori Nikita Murovga ko‘ra, mehnat migrantlari odatda transport, chakana savdo, kommunal xizmat kabi odamlar bilan “kontakt qiladigan” sohalarda ishlashadi. Shu sababli ham ularni tezroq emlash muhim. Hozirgacha mingdan ortiq kompaniya jami 60 mingga yaqin xorijiy ishchisini emlash uchun so‘rov yuborgan.
“Ushbu yo‘nalishda faol ishlash jamiyatimizda tezroq kollektiv immunitet ishlab chiqishiga va virus tarqalishini oldini olishga xizmat qiladi. Kelajakda savdo markazlari va ommaviy-ovqatlanish muassasalarining yoppasiga yopilishini (lokdaun)oldini oladi”, dedi Murov.
Sankt-Peterburg gubernatori Matbuot kotibi Aleksandra Beglovning ma’lum qilishicha, shaharda 300 ming atrofida migrant mehnat qiladi.
Vaksina olish uchun Call-center orqali Markaz bilan bog‘lanib, ro‘yxatga yozilish kerak.
“Yagona tibbiy markaz” MCHJ – Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Migratsiya markazi hududida joylashgan. Ushbu tibbiy markaz, shuningdek, mehnat migrantlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan ham shug‘ullanadi.
LiveBarchasi