Rossiyaning MDHga raislik davrida asosiy maqsadlari nimaligi ochiqlandi

Olam

image

Rossiyaning MDHga raisligining ustuvor vazifasi raqamlashtirish va milliy valyutalardagi to‘lovlar ulushini oshirish bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin “Yevrosiyo iqtisodiy istiqboli – 2023” XI xalqaro forumining yalpi majlisida videoformatda ma’lum qildi. 

“Transport va logistika yo‘nalishlarini qayta yo‘naltirish, energiya va oziq-ovqat barqarorligini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, raqamlashtirishni rag‘batlantirish, milliy valyutalarda to‘lovlar ulushini oshirish – bularning barchasi joriy yilda YeOII [Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi] organlarida Rossiya raisligi uchun ustuvor vazifaga aylanadi”, deydi u.

Uning qayd etishicha, kelgusi yili mamlakatning MDHga raisligi doirasida yuqoridagilarni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratiladi. 

Pankinning ta’kidlashicha, 2022 yil oxirida YeOIIning tashqi hamkorlar bilan savdosi 60 foizga, SHHT davlatlari (Shanxay hamkorlik tashkiloti) bilan tovar ayirboshlash hajmi esa 40 foizdan ko‘proq oshgan.  

“MDHdagi hamkorlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi ham ijobiy ko‘rsatkichga ega. YeOIIga a’zo davlatlarning o‘zaro tovar aylanmasi 2022 yilda 14,6 foizga o‘sdi va rekord darajadagi 85 milliard dollarga yetdi,  2023yilning birinchi yarmida esa o‘sish yana 13 foizni tashkil etdi”, deydi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari. 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, taqdim etilgan statistik hisob-kitoblar turli sohalarda yaqin muvofiqlashtirishning aniq natijasidir. 

Ma’lumot uchun, MDHga ayni vaqtda Qirg‘iziston raislik qilmoqda. 2024 yil 1 yanvardan MDHga raislik Rossiyaga o‘tadi. MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti 8 oktyabrga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made