Rossiyaning Markaziy Osiyoda yashirin rejasi bormi?
Olam
−
20 Sentabr 2021
13302Rossiya tomonining Markaziy Osiyoda yashirin rejasi yo‘q, Moskva mintaqada ishonchli va prinsipial muloqotga asoslangan ochiq siyosat olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan konferensiyaning ochilishida aytib o‘tdi.
“Bizning Markaziy Osiyodagi siyosatimiz imkon qadar ochiq, bizda hech qanday maxfiy reja yo‘q. Biz mintaqaning barcha davlatlari bilan teng huquqli hamkorlikni ishonchli tarzda, vijdonan, prinsipial muloqot orqali qurishga intilamiz”, degan u.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Rossiya boshqa ko‘plab davlatlardan farqli o‘laroq, mintaqa davlatlarini geosiyosiy tanlovlar oldiga qo‘yishni o‘ylamayapti va rejalashtirmayapti.
“Biz ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash va yordamni siyosatlashtirmaymiz. Biz uchun eng muhimi, mintaqada mintaqaviy va ehtimol, yanada kengroq xavfsizlik uchun qulay sharoitlar yaratilgani. Bunday holda mintaqa mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanadi, bu esa Rossiya va mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli munosabatlarni saqlab qolish hamda rivojlantirish uchun asos bo‘ladi”, degan u.
LiveBarchasi