Rossiya koronavirusga qarshi uchinchi vaksinasi ham tayyorligini e’lon qildi
Olam
−
16 mart 2021
4474Rossiyaning koronavirusga qarshi "KoviVak" vaksinasi bir necha kundan keyin fuqarolik muomalasiga chiqariladi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov ma’lum qilgan.
Preparat M.P. Chumakov nomidagi Immunobiologik preparatlarni rivojlantirish federal markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
Falkov vaksina muomalaga chiqarilishining aniq sanasi keyingi matbuot anjumanida e’lon qilinishini aytgan.
"KoviVak" vaksinasi joriy yilning 20 fevralida Rossiyada ro‘yxatga olingan.
Chumakov nomidagi markaz vaksinasi dunyodagi boshqa preparatlardan farqli o‘laroq butun virusli vaksina hisoblanadi. Ya’ni, unda o‘ldirilgan butun Sars-Cov-2 virusi bor. Shunday vaksina Xitoyda ham tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiyada “Sputnik V” va “EpiVakKorona” vaksinalari ro‘yxatdan o‘tkazilib, fuqarolarni emlashda foydalanilayotgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15