Rossiyaning eng kriminal hududlari e’lon qilindi
Olam
−
13 aprel 2020
11602Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi eng kriminal hududlar nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Moskvada 2020 yilning fevral oyida eng ko‘p huquqbuzarlik sodir etilgan.
Poytaxtda mana shu davr ichida 24 mingta jinoiy xatti-harakat ro‘yxatga olingan. Ikkinchi o‘rinda esa Moskva viloyati qayd etilgan. Bu hududda 12 mingta qonunga zid ish qilingan.
Keyingi o‘rinlarda Krasnodar o‘lkasi (12 000), Chelyabinsk viloyati (10 200) va Rostov viloyati (9 600) bormoqda.
Jinoiy xatti-harakatlar kam sodir etilgan hududlar ro‘yxatiga Nens muxtor okrugi, Chukotka, Ingushetiya, Magadan viloyati va Qalmiq Respublikalari kirgan. Ushbu hudadlarda fevral oyida 500 dan ortiq qonun buzilish holati qayd etilgan.
LiveBarchasi