Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi o‘rniga da’vogar chiqdi
Olam
−
23 aprel 2022
15179Chexiya BMT Inson huquqlari kengashidan chetlatilgan Rossiyaning o‘rnini egallamoqchi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Twitter’dagi xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, “Rossiya Ukrainadagi tajovuz, insoniyat iztiroblari va vayronagarchiliklari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Shu sababli uning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligi to‘xtatildi”.
Mamlakat Inson huquqlari kengashi a’zoligi uchun allaqachon nomzod arizasini topshirilgan.
“Chexiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi bo‘sh turgan o‘ringa nomzod. Chexiya mamlakatda va butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda davom etadi”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgani sababli joriy yilning 7 aprel kuni mamlakatning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi a’zoligi to‘xtatib qo‘yilgandi.
LiveBarchasi