Rossiyaning AQSHdagi elchisi G‘arbni muzokaralarga chaqirdi

Olam

image

Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov G‘arb Ukraina atrofidagi vaziyatni jang maydonida hal qilish mumkin, deb hisoblab, noto‘g‘ri siyosatni davom ettirayotganini ta’kidladi. Bu haqda u jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tgan.
Uning fikricha, muzokaralar yo‘li bilan qanday yechim topish mumkinligi haqida o‘ylash kerak. 

“Amerika ma’muriyatining Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘ etkazib berish bo‘yicha yangi qarorlari munosabati bilan shuni ta’kidlashni istardimki, bizning sheriklarimiz muammoni jang maydonida hal qilish mumkin deb o‘ylab, tobora ko‘proq kuch va mablag‘ sarflamoqda. Endi ular Qurolli Kuchlarni Rossiya chegaralariga tortmoqdalar”, degan Antonov.

Rossiyalik diplomatning iddaosicha, Rossiya Ukraina tuproqlarida ukrainlar bilan emas, balki Rossiyani iqtisodiy va harbiy jihatdan charchatishga urinayotgan birlashgan G‘arb bilan kurashmoqda.

“Vaziyat juda xavotirli. Aslida, Ukraina tuprog‘ida biz ukrainaliklar bilan emas, balki Rossiya davlatining poydevorini buzishga, bizni charchatishga, barcha iqtisodiy va harbiy resurslarni bizdan tortib olishga va shunday pozitsiyani yaratishga harakat qilayotgan birlashgan G‘arb bilan kurashamiz. Bizda boshqa iloj yo‘q va bizning ishimiz haqiqatan ham to‘g‘ri ekanligiga va biz g‘alaba qozonishimizga shubha yo‘q”, degan Amerikadagi Rossiya elchisi.

Uning ta’kidlashicha, Ukrainadagi hozirgi vaziyatni jang maydonida to‘liq hal qilish mumkin emas. Shuning uchun G‘arb muzokaralar yechimini izlashi kerak. 

“Bugun biz Kiyevni qo‘shimcha qurol bilan to‘ldirish haqida emas, balki muzokaralar echimini qanday topish haqida o‘ylashimiz kerak. Muammoni jang maydonida to‘liq hal qilish mumkin emas. Amerikaliklar rejimni o‘zlarining harbiy ta’minoti, o‘qituvchilari bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ya’ni AQSH Ukraina harbiylariga NATO standartlari asosida jang san’ati mahoratini o‘rgataverar ekan, bularning barchasi vaziyatni og‘irlashtiradi. Ukraina tuprog‘ida yashovchi xalqlar bundan aziyat chekishadi", degan diplomat.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing