Rossiyaning 4 ta viloyati havo hujumiga uchradi (video)
Olam
−
12 may
40299O‘tgan tunda Ukraina tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga samolyot tipidagi dronlar va “Tochka-U” operativ-taktik raketalaridan foydalangan holda hujumlar uyushtirishga qaratilgan qator urinishlari to‘xtatildi. Bu haqda bugun, 12 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, quyidagi vositalar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan:
- Belgorod viloyati hududidagi ikkita operativ-taktik raketa;
- Bryansk viloyati hududida uchta Ukraina droni;
- Lipetsk viloyati hududida ikkita dron.
- Volgograd viloyati hududida bitta dron tutib olingan.
Shuningdek, Volgograd neftni qayta ishlash zavodida uchuvchisiz samolyot qulashi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Hujumga uchragan zavod “Lukoyl” kompaniyasiga tegishli ekani aytilmoqda. Zavodning quvvati 14,8 million tonnani tashkil etadi.
Bundan tashqari, Ukraina bilan chegarada joylashgan Belgorod shahrida Shorska ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning kirish qismi qulab tushgan. Shaharda kun boshidan beri besh marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 qavat qulagan. Qurbonlar soni noma’lum, odamlar vayronalar ostida qolmoqda.
LiveBarchasi