Rossiyaning 1xBet bukmekerlik kompaniyasi rasman bankrot bo‘ldi
Olam
−
01 fevral 2023
12981Niderlandiyadagi Haaga shahri sudi tomonidan Rossiyaning 1xBet bukmekerlik kompaniyasi rasman bankrot deb e’lon qilindi. Bu haqda Curacao Chronicle sayti xabar berdi.
Bunga sabab sifatida kompaniya o‘yinchilarga pulni to‘lab bera olmaganligi ko‘rsatilgan. Oqibatda 1XCorp veb-saytida onlayn qimor o‘ynashda aldangan ko‘p sonli qimor o‘yinchilari birlashib, Onlayn o‘yin qurbonlari vakilligi jamg‘armasini tuzgan va Oliy sudga kompaniyani bankrot deb e’lon qilish bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan.
Ta’kidlanishicha, Haaga sudi Bosh prokurori bu haqda allaqachon xulosa qilib bo‘lgan va1xCorp kompaniyasiga tegishli 1xBET 2021-yilda birinchi instansiya sudi tomonidan sirtdan bankrot deb e’lon qilingan.
“Endilikda kompaniyaning litsenziyasi muddatidan oldin tugatiladi va faoliyati noqonuniy deb hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Biroq 1xCorp kassatsiya tartibida sudga apellyatsiya shikoyati kiritgan. Apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qaror esa o‘z kuchida qolgan.
“Onlayn o‘yin qurbonlari vakilligi jamg‘armasining bir yarim milliondan ortiq da’vo arizasi va turli xil qo‘llab-quvvatlash da’volariga asoslangan bankrotlik to‘g‘risidagi ariza o‘z kuchida qoldi. Eng yirik pul tikish kompaniyasi 1xCorp N.V. asli Rossiyada asos solingan bo‘lib, 1xBet va boshqa ko‘plab onlayn sport tikish va kazinolarni boshqaradi. Uning butun dunyo bo‘ylab 1800 dan ortiq qimor saytlari mavjud”, deyilgan xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, 1xCorp suddan bankrotlikni bekor qilishni so‘ragan. U barcha qarzlarini to‘lashi, buning uchun naqd puli borligini aytgan. Biroq sud kompaniya 18 nafar o‘yinchining taxminan 1 million yevro miqdoridagi yutuqlarini qaytarolmaydi va bundan keyin odamlarning aldanib qolishi uchun zamin yaratish mumkin emas, degan fikrda.
LiveBarchasi