Rossiyaliklarning qanchasi Putinga xayrixohligi sarhisob qilindi

Olam

image

Rossiyaliklarning 80 foizi mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga ishonadi. Bu haqda RIA Novosti “Ijtimoiy fikr” jamg‘armasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib, xabar berdi.

Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 80 foizi Prezidentga ishonishini aytgan, 12 foizi “ men davlat rahbariga ishonmayman” degan javobni tanlagan, yana 8 foizi javob berishga qiynalgan.

Mazkur so‘rov joriy yilning 17-19 iyun kunlari Rossiyaning 53 viloyatidagi 104 ta aholi punktida 18 va undan katta yoshdagi 1,5 ming respondent o‘rtasida o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada 2000 yilning 26 mart kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Vladimir Vladimirovich Putin 51 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan. 7 may kuni esa u o‘z vazifasiga kirishgan. Mana 22 yildirki u Rossiyani boshqarib kelyapti. Putin faqatgina 2008 – 2012 yillarda Prezident lavozimida ishlamagan. Bu vaqtda Dmitriy Medvedev Prezident, Putin Bosh vazir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing