“Rossiyaliklarni o‘ldirish kerak” degan Ukraina elchisi sirtdan qamoqqa olindi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahar sudi rossiyaliklarni o‘ldirishga chaqirgan Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisini 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Moskva shahar sudining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sobiq elchi Pyotr Vrublevskiy Moskva sudining qaroriga binoan sirtdan olti yil umumiy tartibdagi koloniyaga hukm qilingan.
Elchining advokati Dmitriy Kirsanovning ta’kidlashicha, elchining bayonotlari jinoyat tarkibiga kirmaydi.

“U bu gapni umumiy tarzda aytgan, bu tahdid sifatida baholab bo‘lmaydi”, degan elchining advokati.

Shuningdek, advokat elchining rossiyaliklarni o‘ldirish haqidagi so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda ruxsatsiz tarqatilgani, tergov jarayonida esa protsessual qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini ham qo‘shimcha qilgan.

Kirsanov bu hukm ustidan Moskva shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Pyotr Vrublevskiy 2022 yilda Qozog‘istondagi Ukraina elchisi lavozimidan bo‘shatilgan edi. Bu qarorga uning Rossiya fuqarolariga qarshi keskin bayonoti sabab bo‘lgan. 2022 yilning avgust oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova elchining intervyusini e’lon qilgan edi, unda Vrublevskiy “Ukraina iloji boricha ko‘proq rossiyalikni o‘ldirishga intiladi” deya aytgan edi.

Bu so‘zlar Moskva tomonidan keskin tanqid qilingan. Qozog‘iston TIV bu bayonotni “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb baholagan. Shundan so‘ng Vrublevskiy uzr so‘rab, bu bayonotni “emotsional zo‘riqish holatida aytilgan” deb izohlagan.

2024 yilning avgustida Rossiya sudi unga nisbatan sirtdan 6 yillik qamoq jazosi tayinlagan edi. Ammo 3 oy o‘tib, Moskva shahar sudi bu qarorni bekor qilib, ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuborgan.

2025 yilning aprel oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vrublevskiyning o‘rniga Qozog‘istonga yangi elchi – sobiq Turkmanistondagi elchi Viktor Maykoni tayinlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvaning Basmanniy tuman sudi Estoniyaning Narva muzeyi direktori Mariya Smorjevskix-Smirnovani sirtdan hibsga olgan edi. U Narva muzeyining devoriga ikki yil davomida 9 may kuni qon dog‘lari bo‘lgan “Putin - urush jinoyatchisi” bannerini osib qo‘yganlikda ayblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing