Rossiyaliklarda jinsiy hayot necha yoshdan boshlanishi ochiqlandi

Bu qiziq

image

Rossiyaliklar jinsiy hayotni necha yoshdan boshlashi haqida ma’lumot berildi. Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri reproduktiv salomatlik bo‘yicha bosh shtatdan tashqari mutaxassisi Oleg Apolixinning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, ko‘pchilik rossiyaliklar jinsiy hayotni 16-17 yoshda boshlaydi. Bu o‘z navbatida farzand ko‘rishga ta’sir qiladi: turmush qurish vaqtigacha ancha ko‘p muddat o‘tib, ayrimlar esa jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan ko‘p kasalliklarni “to‘plash”ga ulgurishadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom farzand ko‘rish aholining reproduktiv salomaligiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda tug‘ishga yoshidagi ayollarning 77,4 foizida patologiyalar mavjud.

“Hamkasblarimiz bilan tahlil qilganimizda, bugungi kunda qizlar jinsiy hayotining boshlanishi o‘rtacha 16-17 yoshni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi, yigitlar 16-17 yoshda, ko‘pchilik undan ham oldin”, deydi Apolixin. Shifokorning fikricha, ayollar turmushga chiqish yoshi o‘rtacha 24-26 ni, erkaklarniki esa 26-29 yoshni tashkil etmoqda. 

“Bu yosh, sog‘lom va ijtimoiy faol odamlar, oila qurish maqsadisiz hayot kechiradi, shuning uchun reproduktiv vaqtiga kelib xlamidii, mikoplazma, ureaplazma, gardnerella singari bakteriyalar paydo bo‘ladi. Biz bu oqibatlar bilan kurash olib borishga majbur bo‘lamiz”, deb ta’kidlagan Apolixin. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Jinsiy hayot

Baholaganlar

1109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing