Rossiyalik jurnalist yana Qozog‘istonga “tosh otdi” 

Olam

image
0:00
0:00
download

Arman millatiga mansub rossiyalik jurnalist va rejissyor Tigran Keosayan Qozog‘istonga qarshi agressiv ritorikasini davom ettirmoqda.  

“Biolaboratoriyalar, millatchilik, davlatni haqorat qilish. Yo‘q, bu Ukraina haqida yemas. Bu Qozog‘iston haqida”, degan Keosayan. 

Unga ko‘ra, Qozog‘istonda davlatchilik tarixi yo‘q, buning natijasida millatchilik jamiyati qurilmoqda. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar shafeligida yaratilgan va yashirin ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan afsonaviy “Amerika biolaboratoriyalari” ham uning e’tiboridan chetda qolmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 aprel kuni Keosayanning YouTube’dagi kanalida uning qozog‘istonliklarni noshukrlikda ayblab, Ukrainadagi ahvoldan xulosa chiqarishga chaqirgan haqoratli videosi paydo bo‘lgandi. 

Shundan so‘ng, Qozog‘iston TIV jurnalistni “qora ro‘yxat”ga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Keosayan

Baholaganlar

522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing