Rossiyalik va ukrainalik delegatlar Anqaradagi tadbirda mushtlashib ketdi (video)

Olam

image

Anqarada bo‘lib o‘tgan Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi yig‘ilishida Ukraina va Rossiya delegatsiyalari a’zolari o‘rtasida janjal chiqdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Aytilishicha, janjalga Rossiya Davlat Dumasi deputati Olga Timofeyevaning nutqi davomida Ukraina delegatsiyasi a’zolari uning orqasida o‘z bayrog‘ini ko‘tarishga urinib, Rossiyaga qarshi shiorlar aytishni boshlagani sabab bo‘lgan. Rossiya delegatsiyasi a’zolari ukrainaliklarni to‘xtatmoqchi bo‘lganida janjal kelib chiqqan. Assambleyaga raislik qilgan Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shento‘p mojaroga aralashib, yig‘ilish ishtirokchilarini xotirjam bo‘lishga chaqirgan. 

Yig‘ilishdan so‘ng ham Ukraina va Rossiya delegatlari orasida yana janjal chiqqan. Rossiya delegatlaridan biri ukrainalik deputatning qo‘lidan Ukraina bayrog‘ini tortib olgan. Bunga javoban, ukrainalik deputat uning yuziga musht tushirishga uringan. Mojaroga Turkiya parlamenti qo‘riqchilari aralashib, janjalkashlarni ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing