Rossiyalik taniqli darvozabon yurak xurujidan vafot etdi
Sport
−
07 avgust 2023
4369SSKA futbol klubi hamda Rossiya futbol terma jamoasining sobiq darvozaboni Veniamin Mandrikin 41 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS xabar beradi.
Keltirilishicha, kecha, 6 avgust kuni darvozabon Veniamin Mandrikinning yuragi to‘satdan xuruj qilgan.
“Uning singlisi hozirgina menga qo‘ng‘iroq qildi va bir soat oldin Veniaminning yuragi urishdan to‘xtaganini aytdi. Yurak xuruji! Men bundan hayratdaman”, degan uning birinchi murabbiyi Valeriy Gorokov.
2010 yilning noyabr oyida Mandrikin avariyaga uchragan. Buning oqibatida uning umurtqa pog‘onasi singan va orqa miyasi shikastlangan. Shundan so‘ng u mustaqil harakat qilish qobiliyatini yo‘qotgan.
Ma’lumot o‘rnida, Mandrikin futboldagi professional faoliyatini 1997 yilda Vladikavkazning Alaniya klubida boshlagan. 2001 yilda u Moskvaning SSKA jamoasiga o‘tgan. 2008 yilda poytaxt klubi uni “Tom”ga ijaraga bergan edi. 2010 yilda u Nalchikning “Spartak” klubi, keyin esa Bryanskning “Dinamo” jamoasida ijara asosida faoliyatini davom ettirgan. Bundan tashqari, darvozabon Rossiya terma jamoasi tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazgan.
Mandrikin uch karra Rossiya chempioni, uch karra Rossiya Superkubogi sohibi, to‘rt karra Rossiya kubogi g‘olibi, shuningdek, 2004/2005 yilgi mavsumda UEFA kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 2006 yilda futbolchi “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi