Rossiyalik ko‘ngillilar Parij Olimpiadasida volontyorlik qila oladimi?

Sport

image

Parijda mezbonlik qiladigan 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarining ko‘ngillilar dasturi barcha mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar uchun ochiqligi va ruslar uchun maxsus mezonlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, rossiyalik volontyorlar, shuningdek, boshqa millatga mansub ko‘ngillilar uchun ham alohida mezonlar yo‘q. Maxsus dastur tanlov talablariga javob beradigan har bir kishi to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida volontyorlik qilishi mumkin.

Olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi. Tokioda 2021 yilda o‘tkazilgan yozgi Olimpiada o‘yinlariga koronavirus pandemiyasi sababli xorijlik ko‘ngillilar jalb etilmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing