Rossiyalik qilichboz bilan qo‘l siqishishdan bosh tortgan Ukraina vakili diskvalifikatsiya  qilindi (video)

Sport

image

Milanda bo‘lib o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionati doirasida Rossiya va Ukraina sportchilari o‘rtasida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda TASS xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 iyul kuni chempionatining 1/32 final bahsida o‘zaro jangga kirishgan ukrainalik qilichboz Olga Xarlan rossiyalik Anna Smirnova bilan qo‘l siqishishdan bosh tortgan va u tomonga qo‘l cho‘zib kelayotgan raqibasiga qilich o‘qtalgan. Shundan so‘ng, ukrainalik sportchi qilichbozlik yo‘lagini tark etgan. Qoidalarga ko‘ra, Smirnova jangni yakunlash uchun 45 daqiqa davomida qarshi tomon vakilini kutgan va rasmiylar bilan muzokaralardan so‘ng u ham yo‘lakni bo‘shatgan. 

Mazkur bahsda Xarlan 15:7 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramay, reglament bo‘yicha chempionatdan diskvalifikatsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, rossiyalik sportchilar neytral maqomda ishtirok etgan Jahon chempionati 30 iyulda yakunlanadi. Smirnova ruslarning chempionatdagi so‘nggi vakili edi. Avvalroq turnirni Yana Bekmurzova, Polina Hayertdinova, Leyla Piriyeva, Vadim Anoxin va Artyom Sarkisyan tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina yoshlar va sport vazirligi ukrainalik sportchilarning neytral maqomda qatnashadigan Rossiya va Belarus sportchilari bilan musobaqalarda ishtirok etishidagi taqiqni bekor qilgan edi. Shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2024 yilda Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiyada o‘yinlariga Rossiya va Belarusni taklif qilmagani haqida xabar berilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya diskvalifikatsiya Ukraina Ol'ga Xarlan Anna Smirnova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made