Rossiyalik instruktorlar harbiylarni tayyorlash uchun Nigerga bordi

Olam

image

Rossiyadan borgan harbiy instruktorlar Niger armiyasini tayyorlashga kirishdi. Samolyotdan harbiy texnika tushirilayotgani tasvirini Nigerning RTV davlat telekanali namoyish qildi.

"Biz Niger armiyasini tayyorlash hamda Rossiya va Niger o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni kengaytirish uchun keldik", degan RTV telekanalida kamuflyajdagi bir kishi. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Nigerda havo hujumidan mudofaa tizimini o‘rnatishga ham rozi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Niger dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biridir. 2023 yilda harbiy xunta mamlakatda hokimiyatni egallab oldi. Moskva aloqadorlikda gumon qilinayotgan davlat to‘ntarishidan oldin Niger AQSH, Fransiya va Germaniya kabi G‘arb davlatlarining G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi jangarilarga qarshi kurashdagi eng muhim hamkorlaridan biri bo‘lgan. Niger ko‘p yillar davomida ISHID va “Al-Qoida” bilan aloqador turli guruhlar tomonidan terrorga uchragan.

2024 yil yanvar oyida Niger Mali va Burkina-Faso bilan birgalikda G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati ECOWAS mintaqaviy alyansidan chiqdi. Niger hukumati AQSH va Fransiya bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatayotganini rasman e’lon qildi. Bundan tashqari, ular harbiy xarajatlari endi nazorat qilinmasligi haqida farmon chiqardi.

Mutaxassislarning fikricha, Nigerning Vashington bilan munosabatlari uzilishi va harbiy xarajatlar ustidan nazoratning bekor qilinishi Rossiya bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvning dastlabki sharti bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Niger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made