Rossiya generali Ukrainada halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Shimoliy flotining 14-armiya korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor Vladimir Zavadskiy Ukrainadagi frontda halok bo‘ldi. Bu haqda Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

"Shimoliy flotning 14-armiya korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Vladimir Zavadskiy “maxsus operatsiya” zonasidagi jangovar postda halok bo‘ldi.  2021 yil avgustigacha u Voronej viloyati bilan uzoq yillik yaxshi aloqalarni o‘rnatgan 4-gvardiya Kantemirovskiy Qizil Bayroqli tank diviziyasini boshqargan”, deb yozadi gubernator.

Qayd etish joizki, Zavadskiyning o‘limi haqidagi xabar birinchi marta joriy yilning 29 noyabr kuni “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi “Kreml” Moskva oliy qo‘mondonlik bilim yurti bitiruvchilarining ochiq sahifasida paydo bo‘lgandi. Unda aytilishicha, Zavadskiy 28 noyabr kuni vafot etgan. Xabarda o‘lim sababi ko‘rsatilmagan. 

"VCHK-OGPU" Telegram-kanalining anonim manbasiga ko‘ra, general-mayor "jang chizig‘idan uzoqda" mina portlashi oqibatida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zavadskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing