O‘zbekiston YeOIIda mustaqilligini yo‘qotadimi? So‘z rossiyalik diplomatga
Jamiyat
−
22 dekabr 2020
11618Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi maqomida qo‘shilganiga munosabat bildirdi.
Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqning to‘laqonlik a’zolari ega bo‘lgan imkoniyatlar berilmasa-da, endilikda rasmiy Toshkent YeOIIning ishlash mexanizmini ichkaridan o‘rganishi mumkin, bunda mamlakat iqtisodiyoti uchun hech qanday majburiyat va xavf bo‘lmaydi.
“Ha, respublika ovoz berish huquqiga va savdo imtiyozlariga ega emas. Ammo, ayni paytda, uning iqtisodiyoti uchun hech qanday xatar ham yo‘q. Bu yaqindan ko‘rib chiqish va o‘z tanlov qilish uchun imkoniyat. Agar vaziyatni baholasak, unda O‘zbekistonning asosiy savdo aylanmasi aynan YeOII mamlakatlariga yo‘naltirilgan, eng muhim transport yo‘laklari ittifoq hududidan o‘tishini, migratsiya yo‘nalishi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rish mumkin. Biroq nima bo‘lganda ham bu jarayon tez yuz bermaydi, bu faqat birinchi qadam”, degan Tyurdenev Toshkentdagi matbuot anjumanida.
U, shuningdek, skeptiklarning O‘zbekistonning YeOII bilan integratsiya bo‘lishi mamlakaat mustaqilligining qo‘ldan ketishiga olib kelishi haqidagi fikrlari real ko‘rsatkichlar bilan solishtirsa kulgili ekanini ta’kidladi.
“Ittifoqqa qo‘shilgan davlatlarning birortasi ham o‘z mustaqilligini yo‘qotmadi, aksincha, ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, bu ma’lum bir ishtirokchining miqyosiga qaramaydigan, hamma uchun bir xil bo‘lgan teng huquqli ittifoq”, degan diplomat.
U na Rossiya, na YeOIIning boshqa a’zolari yangi a’zolarning integratsiyasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohasiga zararli ta’sir ko‘rsatishidan manfaatdor emasligini ma’lum qildi. Bunday mintaqaviy loyihalarga qo‘shilish – bu ittifoq a’zolarining o‘zaro murosalari jamlanmasidir.
“Yana aytaman, YeOII faqatgina Rossiya emas, balki o‘z iqtisodiy sharoitlariga ega bo‘lgan bir nechta davlatlardan iborat. Masalan, Qirg‘izistonni YeOIIga a’zo bo‘lgan vaqtidagi iqtisodiyoti bo‘yicha O‘zbekiston bilan taqqoslash qiyin. Bu shuni anglatadiki, ushbu bosqichda hamma bunday integratsiyadan nimani olishini aniq tushunishi kerak, shunda bu tomonlarning har biri uchun foydali bo‘ladi”, deya so‘zini yakunlagan Tyurdenev.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 dekabr kuni o‘tgan YeOII Oliy kengashining yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston rasman tashkilotda kuzatuvchi maqomini oldi. Bu o‘tish davri bo‘lib, mamlakatga keyingi pozitsiyasini aniqlashga yordam beradi.
LiveBarchasi