Dekabrda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oladi

Jamiyat

image
“Eng kamida tushunarsiz holat”. “Yuksalish” rahbari Rossiya migrantlarning yo‘lini “to‘sayotgani”ga munosabat bildirdi north_east

“Eng kamida tushunarsiz holat”. “Yuksalish” rahbari Rossiya migrantlarning yo‘lini “to‘sayotgani”ga munosabat bildirdi

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi departament direktori Mixail Anisimov O‘zbekiston dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi-davlat maqomini olishini ma’lum qildi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Shu yil yanvar oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning ittifoqda ishtirok etish masalasi parlamentda har tomonlama o‘rganib chiqish kerakligi haqida aytgandi.

Mart oyi boshida Vazirlar Mahkamasi parlamentning ikkala palatasiga mamlakatning YeOIIdagi kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklif kiritishga qaror qildi. Aprel oyi oxirida parlamentning qonun chiqaruvchi palatasi, may oyining boshida - Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning ittifoqda kuzatuvchi-davlat sifatida qatnashishini ma’qullagandi.

“Dekabr oyida O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi maqomi beriladi”, dedi Anisimov "Rossiya-O‘zbekiston sanoat muloqoti: yangi loyihalar va sherikchilik" onlayn-konferensiyasida.

Anisimovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan hamkorligi yangi formatda impuls va rivojlanish oladi.

YeOII – 2015 yil 1 yanvardan boshlashb faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston - ittifoq a’zolari.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-EOII

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing