Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov soliqlardan qochib yuribdi
Madaniyat-san’at
−
11 iyul
6125Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov qarzlari sabab qochib yuribdi. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bloger Guseyn Gasanovga tegishli bo‘lgan ayrim kompaniyalar davlat oldidagi qarzlari sabab yopilgan. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, soliq idorasining sudga qilgan da’vosidan so‘ng, bloger o‘z majburiyatlaridan bo‘yin tovlab, qochib yuribdi.
Bildirilishicha, Gasanovning soliq idoralaridan qariyb 1,7 million dollar qarzi bor. Bloger ayni damda mamlakat hududida emas.
“Rossiya Ichki ishlar vazirligiga qilgan murojaatimizdan so‘ng firibgar Gasanovga e’tibor qaratildi. Soliq idorasi sudga da’vo qildi, davlat oldidagi qarzlariga qaramasdan bloger qochmoqda”, deydi Xavfsiz internet ligasi direktori Yekaterina Mizulina.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq rossiyalik tadbirkor va dasturchi Pavel Durov O‘zbekistonga kelgan, unga bloger Guseyn Gasanov hamrohlik qilgandi.
LiveBarchasi