Rossiyalik bloger dron tufayli Buxoro aeroportida hibsga olindi (video)
Jamiyat
−
04 fevral 2022
16372Rossiyalik sayyoh-bloger Maksim Limar dron tufayli O‘zbekistonda hibsga olindi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bergan.
Rossiya fuqarosi joriy yilning 2 fevral kuni Buxoroda chegara nazoratidan o‘tayotganda uning buyumlaridan dron topilgani sababli qo‘lga olingan.
“O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, og‘irligi 250 grammdan ortiq bo‘lgan kvadrokopterlar majburiy ro‘yxatga olinishi kerak. Biroq, texnika bor-yo‘g‘i 249 grammni tashkil etadi (buni ishlab chiqaruvchi tomonidan dronning o‘zida aks etgan xususiyatlar tasdiqlaydi) va shuning uchun u bu qoidaga bo‘ysunmasligi kerak edi”, degan bloger.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunga qaramay, kvadrokopter musodara qilingan, uning o‘zidan pasporti olib qo‘yilib, uy qamog‘iga olingan.
“Men O‘zbekistonga mamlakat bo‘ylab sayr qilish, mahalliy go‘zalliklarni tomosha qilish uchun uchib keldim. Bojxona nazoratidan o‘tdim, barcha jihozlar qo‘l bagajimda edi. Mendan u yerda nima borligini so‘rashdi. Men bu foto va video uskunasi deb, javob berdim. Ular menga ruxsat berishdi, hammasi shu. Ketish kuni men ro‘yxatdan o‘tdim va yukimni ro‘yxatdan o‘tkazdim. Bojxona nazoratidan o‘tib, pasport nazoratiga bordim, o‘sha yerda muhr qo‘yishdi. Keyin xodim kelib, qaytishimni so‘radi. Hammasini oching deyishdi, men ochdim. Dronni ko‘rganda ular tez yugura boshlashdi va meni boshliqning kabinetiga olib borishdi”, degan sayohatchi.
Blogerga ko‘ra, u o‘zi ayblanayotgan moddadan kelib chiqib, uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
LiveBarchasi