Rossiyalik askarlar jasadlari tahqirlangani ustidan tergov boshlanadi
Olam
−
07 may 2022
14182Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Xerson (Ukraina) viloyatida rossiyalik harbiy xizmatchilar tahqirlanishining yangi faktlarini tekshiradi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, tekshirishga Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin tegishli ko‘rsatma bergan.
“Tergov qo‘mitasi raisi Ukraina hududida rossiyalik harbiy xizmatchilarni tahqirlashning yangi faktlarini tekshirish bo‘yicha topshiriq berdi”, deyiladi xabarda.
Tekshiruv boshlanishiga internetda tarqalgan Xerson viloyatidagi qishloqlardan birida noma’lum shaxslar bir necha rus askarlarining jasadlarini masxara qilib, ularning narsalarini olib ketayotgan videosi sabab bo‘lgan. Talonchilar allaqachon hibsga olingan.
Tergov qo‘mitasi ushbu jinoyatning barcha holatlari sinchiklab o‘rganib chiqilishini va unga aloqador barcha shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi