Rossiyalik ashaddiy qotillardan biri “Sasha Soldat” ozodlikka chiqarildi

Olam

image

“Orexovskaya” uyushgan jinoiy guruh qotili, “Sasha Soldat” laqabli Aleksandr Pustovalov Tver viloyatining Monino qishlog‘idagi qattiq tartibli koloniyadan ozod qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, u bugun, 18 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan. “Zvezda” telekanali xabariga ko‘ra, Pustovalov OAV e’tiborini tortmaslik uchun koloniyani yashirincha tark etgan.

Jinoyatchilar va huquq-tartibot xodimlarini o‘ldirgan Aleksandr Pustovalov 24 yil qamoqda o‘tirdi. U 1999 yilda 30 dan ortiq odamni o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olingandi.

“Kommersant’” nashrining yozishicha, Pustovalov tergov bilan kelishuvga erishgan va boshqa jinoiy ishlarni hal qilishga yordam bergan. Natijada bu uning qamoq muddatiga ta’sir qilgan.

Oktyabr oyida Tver viloyatining Nelidovskiy tumanlararo sudi Pustovalov ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatishni so‘ragan 9-sonli axloq tuzatish koloniyasining ma’muriy da’vosini qanoatlantirgan.

Rossiyaning Tver viloyati bo‘yicha federal jazoni ijro etish xizmati bu haqda izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

qotil Aleksandr Pustovalov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing