Rossiyaga yana bir kasallik xavf solayotgani bashorat qilindi
Salomatlik
−
21 may 2020
21379Rossiyada kuz fasliga kelib saraton kasallligi o‘z cho‘qqisiga chiqadi. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash kasalxonasining onkologik koloproktologiya bo‘limi boshlig‘i Ilya Chernikovskiy gapirib o‘tdi.
Chernikovskiyning ta’kidlashicha, onkologik shifoxonalarning ba’zilari koronavirusni davolashga yo‘naltirilgani sababli, bunday shifoxonalarga tushgan yuk hajmi ortgan.
Uning fikricha, onkologiya klinikalari avvalgidek ishlashda davom etishlari kerak.
“Hozirgi vaqtda barcha onkologik tekshiruvlar to‘xtatildi, bu kasallikni erta bosqichda aniqlash imkoniyatini sezilarli darajada kamaytirdi” dedi onkolog. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kelayotgan kuz faslida bu o‘z ta’sirini ko‘rsatadi – saratonning avj olishi keskin ortadi.
LiveBarchasi